Kredit mablagʻlarini oʻzlashtirganlarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

    Fuqaro Sh.N. bankning dasturiy ilovasi orqali uning nomiga 31,7 mln soʻm onlayn-mikroqarz ajratishga erishib, ushbu mablagʻlarini oʻzining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sharof Rashidov tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “J.q.” MCHJ rahbari B.Q. 7 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyati uchun ajratilgan kredit evaziga taʼminotchi korxona sifatida mahsulotlarni yetkazib bermasdan 200 mln soʻm kredit mablagʻini oʻzlashtirganligi aniqlangan.

    Departamentning Qoʻrgʻontepa tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Sh.N. (muqaddam sudlangan) fuqaro S.A.ni aldab, uning turmush oʻrtogʻi Yu.U.ning nomiga bank filialidan uy-joy sotib olish uchun kredit ajratib berishi evaziga 2 600 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi, shuningdek bankning dasturiy ilovasi orqali uning nomiga 31,7 mln soʻm onlayn-mikroqarz ajratishga erishib, ushbu mablagʻlarini oʻzining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.