Kredit qarzi hisobidan garovni sud orqali undirish jarayonining tezkorligini oshirish dolzarb masala

    Kredit qarzi hisobidan garovni sud orqali undirish jarayonining tezkorligini oshirish dolzarb masala boʻlib turibdi.

    Bank huquqlari ustuvorligini taʼminlash, undiruvga qaratilgan mulklarni tezroq sotish, sud orqali undiruv muddati, ortiqcha kelishuv hujjatlari va sud xarajatlarini keskin qisqartirish, garov bilan taʼminlangan qarzlarni sudgacha undirish amaliyotini keng qoʻllash boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan.

    Ushbu takliflarni har tomonlama koʻrib chiqib, qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish muhimligi taʼkidlandi.

    Majburiy undiruvga qaratilgan mulklar masalasiga ham toʻxtalib oʻtildi. Bu jarayonni takomillashtirish maqsadida manfaatdor tomonlar oʻrtasida onlayn axborot almashishni yoʻlga qoʻyish zarurligi qayd etildi.