Fuqarolik ishlari boʻyicha Xoʻjaobod tumanlararo sudining 08.02.2024-yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor MCHJdan undiruvchi “Biznesni rivojlantirish banki” ATB foydasiga jami 1,2 milliard soʻm kredit qarzdorligini undirish va undiruv turar-joy binosiga qaratilishi belgilangan.
Qarzdor Byuroning Buloqboshi tuman boʻlimi xodimlari tomonidan ijro ishi talablarini bajarishi yuzasidan ogohlantirilgan. Biroq kredit qarzlari toʻlanmagan.
Shu sababli, ijro hujjatiga binoan Buloqboshi tumanining “M.Ismoiliy” mahallasida 550 kv.m yer maydonida joylashgan 10 ta xonadan iborat turar-joy binosi xatlandi.
Xonadon 1,5 milliard soʻmga baholangan boʻlib, hozirda ushbu binoni elektron onlayn-auksion savdosiga qoʻyish choralari koʻrilmoqda.