Mazkur ijro hujjatlari boʻlim ish yurituviga kelib tushgandan soʻng, davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda “ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida”gi qaror qabul qilib, qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan.

Qarzdor ixtiyoriy muddatda ijro hujjati talabi bajarilmaganligi sababli, ushbu ijro hujjati ijrosini taʼminlash maqsadida majburiy ijro harakatlariga kirishildi.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli boʻlgan LW-300FN rusumli yuklagich xatlanib, vaqtincha saqlash maqsadida byuroning Shovot tumani boʻlimi binosiga olib kelingan.

Hozirda Byuroning Shovot tuman boʻlimi tomonidan ijro ishi yuzasidan qarzdorlikni bartaraf qilish boʻyicha tegishli choralar koʻrilmoqda.