Bu haqda Kredit-axborot tahliliy markazi maʼlum qildi.
Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, xizmatdan foydalanayotganlarning 1 283 506 nafari erkaklar, 924 247 nafari esa ayollardan iborat.
Qayd etilishicha, mazkur xizmat fuqarolarni kredit bilan bog‘liq firibgarlik holatlaridan himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, u orqali shaxs o‘z nomiga ruxsatsiz kredit rasmiylashtirilishining oldini olishi mumkin.
Foydalanuvchilar “Kreditga taqiq” xizmatini mustaqil ravishda onlayn va oflayn tarzda faollashtirish yoki o‘chirish imkoniyatiga ega. Jumladan, xizmatdan “KATM” mobil ilovasi orqali, kredit byurosining rasmiy veb-saytidagi shaxsiy kabinet orqali, shuningdek Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali foydalanish mumkin.
Shu bilan birga, Davlat xizmatlari markazlari yoki “KATM” kredit byurosiga shaxsan murojaat qilish orqali ham xizmatni faollashtirish yoki o‘chirish imkoniyati mavjud.
Mutaxassislar fuqarolarga o‘z moliyaviy xavfsizligini taʼminlash maqsadida ushbu xizmatdan faol foydalanishni tavsiya etmoqda.