Toshkent materialshunoslik universiteti tashkil qilinadi

    Ta'lim 26 Mart 2021 17877

    Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi bilan poytaxtda yangi Toshkent materialshunoslik universiteti faoliyatini tashkil etish taklif etilmoqda.

    Hujjatda loyihasiga koʻra, materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi, shuningdek, boshqa sohalarda yuqori malakali oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash taʼlim muassasasining asosiy vazifa va yoʻnalishi etib belgilanadi.

    Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan davlat namunasidagi diplom beriladi.

    Shu bilan birga, oliygohda taʼlim raqamli texnologiyalar, masofaviy taʼlim xizmatlari, vebinarlar, onlayn-oʻqitish, “blendedlearning” va boshqa zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalangan holda kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida amalga oshirish koʻzda tutilgan.

    Qayd etilishicha, universitet Toshkent shahri Olmazor tumani Mirzo Gʻolib koʻchasi 7a–uy manzilida ochiladi.