баннер
21 Mar 2025
14:37

    Kreml Putin va Tramp o'rtasidagi bo'lajak suhbat tafsilotlarini oshkor qildi

    Peskov: Putin va Trampning suhbati Moskva vaqti bilan soat 16:00 dan 18:00 gacha bo'lib o'tadi.

    Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSh Prezidenti Donald Tramp o'rtasidagi suhbat Moskva vaqti bilan soat 16:00 dan 18:00 gacha bo'lib o'tadi, dedi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

    “Bu haqiqatan ham, Moskva vaqti bilan soat 16:00 dan 18:00 gacha bo'ladi va haqiqatan ham, sizga bilgandek, ma'lum bir muhokama bo'lib o'tgandi, Moskva va Istanbulda muzokaralar o'tkazilgandi, avvalroq esa ikki Prezident o'rtasida telefon suhbati, birinchi telefon suhbati bo'lib o'tgandi. Shuning uchun, albatta, ma'lum bir tushunish bor”, dedi u.

    Peskov, Putin va Tramp suhati o'zlari qancha lozim topsa, shuncha vaqt davom etishini ta'kidladi.

    “Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarimizni yanada normallashtirish, Ukrainani tartibga solish bo'yicha ham ko'plab masalalar mavjud. Bularning barchasini ikki Prezident muhokama qiladi”, deya tushuntirdi matbuot kotibi.

    Kreml xabarni qay tarzda berishni etakchilar suhbatidan keyin hal qiladi, muzokaralardan so'ng Putinning chiqishi kutilmaydi, deya qo'shimcha qildi Peskov.

    Yetakchilar oxirgi marta 12-fevralda suhbatlashgan va muzokaralar deyarli bir yarim soat davom etgan. Ular qatorida Ukraina inqirozini tartibga solish masalalarini ham muhokama qilishgandi. Davlat rahbarlari aloqalarni davom ettirish, jumladan, shaxsiy uchrashuv tashkil etish masalasida kelishib olishgandi, deb xabar beradi ria.ru.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech