“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–253-son, 18.08.2025-y.) qabul qilindi.

Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilandi, jumladan:

  • kriminogen vaziyati murakkab mahallalarni sunʼiy intellektda ishlovchi maxsus dasturiy taʼminotga integratsiya qilingan zamonaviy kuzatuv kameralari bilan toʻliq qamrab olish;
  • joriy yil yakuniga qadar jismoniy shaxslar mol-mulkini texnik qoʻriqlash qamrovini 30 foizga, yuridik shaxslar mol-mulkini qoʻriqlash qamrovini esa 60 foizga yetkazish.

Shuningdek, ichki ishlar organlarida yuqori malakali kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida masofaviy taʼlim shakli joriy etiladi hamda bakalavriat dasturi boʻyicha qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirib boriladi.