Mazkur Qoidalar kripto-doʼkon faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Kripto-doʼkon oʼz faoliyatini kripto-doʼkonning elektron platformasi yoki savdo obʼekti orqali amalga oshiradi.
Kripto-doʼkonda quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:
kripto-doʼkonning elektron platformasi orqali:
- jismoniy shaxslar tomonidan bank oʼtkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish yoki sotish;
- chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan bank oʼtkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni xorijiy valyutada sotib olish yoki sotish;
kripto-doʼkonning savdo obʼekti orqali:
- jismoniy shaxslar tomonidan bank oʼtkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish;
- mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni naqd pul koʼrinishida milliy yoki xorijiy valyutada sotib olish;
- mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni faqat milliy valyutada sotish.
Kripto-doʼkonda quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi:
- majburiy identifikatsiyadan oʼtkazilmagan mijozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar;
- Oʼzbekiston rezidentlari tomonidan chiqarilgan kripto-aktivlar bilan operatsiyalar;
- anonim kripto-aktivlar hamda oʼzaro oʼzgarmas tokenlarni sotib olish yoki sotish operatsiyalari.