39 yoshli hujumchi o'zining Youtubedagi kanalida sobiq jamoadoshi Rio Ferdinand bilan suhbatlashdi va 1000 ta gol urishni rejalashtirayotganini aytdi.
“Yaqinda 900 ta gol uraman, keyin esa 1000 talik marraga yetaman. 1000 ta golga erishmoqchiman. Bunga erishsam necha yoshda bo'laman? Biz bilmaymiz. Asosiysi, jarohatlar bo'lmasin. Bu men uchun eng muhimi.
Men uchun futbolda qo'lga kiritishim mumkin bo'lgan eng yaxshi natija – bu birinchi 900 ta golimga erishish. Men bu vazifani bajarganimdan so'ng, 1000 ta golga erishish uchun harakat qilaman. Barcha urgan gollarimning videolari bor, shuning uchun buni isbotlay olaman”, dedi Ronaldu.
2021-2022-yillar oralig'ida portugaliyalik futbolchi “Manchester Yunayted” safida 39 ta o'yin o'tkazib, 24 ta gol urgan. 2023-yilda Krishtianu klub bilan shartnomasini bekor qildi va Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi bilan shartnoma imzoladi va u shu kungacha shu jamoa safida o'namoqda, deb xabar beradi tengrinews.kz.