Krishtianu Ronaldu keyingi mavsumda “Al-Nasr”da qoladi

    Portugaliyalik hujumchi “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu keyingi mavsumda Saudiya klubida o'ynashni davom ettirish niyatida ekanligini ma'lum qildi.

    Futbolchi chempionlik kubogini ham qo'lga kiritish niyatini bildirdi.

    “Bu yil sovrin yutishni kutgandim, ammo bunga erisha olmadik. Biroq, men ijobiy fikrdaman va biz to'g'ri yo'nalishda ketayotganimiz sababli, hamma narsa o'zgarishiga ishonchim komil. Men baxtliman va shu yerda o'ynashni davom ettirmoqchiman. O'ylaymanki, yaqin besh yil ichida Saudiya ligasi dunyoning kuchli beshligiga kiradi”, — dedi futbolchi Saudiya Arabistoni chempionati Youtube kanaliga bergan intervyusida.

    Unga ko'ra, u shartnomasi yakunlanmaguncha klubda o'ynashda davom etadi. 37 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2025-yilning yoziga qadar tuzilgan.

    O'tgan mavsumda “Al-Nasr” Saudiya Arabistoni chempionatida “Al-Ittihod”dan 5 ochkoga ortda qolib, ikkinchi o'rinni egallagandi, deb xabar beradi iz.ru.