Krishtianu Ronaldu yana bir rekord o'rnatdi

    Portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu Irlandiya terma jamoasiga qarshi o'yinda dubl qayd etdi va yangi rekord o'rnatdi.

    Portugaliya terma jamoasi futbol bo'yicha Yevropa chempionati boshlanishi oldidan so'nggi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. 18-daqiqadayoq Joau Feliks hisobni ochdi.

    50-daqiqada Ronaldu jarima maydonchasiga yorib kirdi va darvozabonga imkoniyat qoldirmay to'pni darvozaning uzoq burchagiga yo'llab, hisobni oshirdi. 11 daqiqadan so'ng u jarima maydonchasi markazidan darvozani ishg'ol etdi.

    Irlandiya terma jamoasiga qarshi o'yin Krishtianu uchun yuqori darajadagi 1226-o'yin bo'ldi. Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) ma'lumotlariga ko'ra, bu o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha yangi jahon rekordidir.

    2002-yildan beri Krishtianu Ronaldu Portugaliya, Angliya, Ispaniya, Italiya va Saudiya Arabistoni chempionatlarida 698 ta, kubok va superkuboklarda esa 101 ta o'yin o'tkazgan. Bundan tashqari, u xalqaro klub turnirlarida 220, terma jamoada esa 207 uchrashuvda maydonga tushgan.

    Avvalgi rekordchi, braziliyalik darvozabon Rojerio Seni 1225 o'yin o'tkazgan, deb xabar beradi tengrisport.kz.