Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu shu yilning 19-sentyabr kuni Osiyo Chempionlar ligasi turidan oʻrin olgan “An-Nasr” – “Persepolis” oʻyindan oldin Tehronda muxlislar bilan uchrashib, Fotima ismli nogiron rassom qizni quchoqlab, oʻpgan edi.
“Kommersantʼ”ning Rouydad24 nashriga tayanib xabar berishicha, futbolchining bu harakati Eron qonunchiligini buzish hisoblanadi va bunday ish uchun 99 darra urilishi belgilanagan.
Nashrning yozishicha, hozircha Krishtianu Ronalduga nisbatan rasman ish ochilgani yoʻq. Shu bilan birga, Index.hr nashri manbasiga koʻra, futbolchini jazolash qarori sirtdan qabul qilingan va Ronaldu Eronga keladigan boʻlsa, 99 darra bilan jazolanishi mumkin.