38 yoshli portugaliyalik futbolchi o'z qarori haqida Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi rahbariyatini xabardor qilgan.
“Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig'iniga borishdan oldin “Al-Nasr” rahbariyatiga shartnomani 2027-yil boshigacha uzaytirmoqchi ekanligini malum qilgan.
Krishtianu 2026-yilgi jahon chempionatida o'ynashni, keyin esa futbolchilik faoliyatini yakunlashini e'lon qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi tengrisport.kz.