Kichik Ronaldo 13-15 yosh oraligʻidagi oʻyinchilardan iborat boʻlgan oʻsmirlar jamoasida toʻp surishi maʼlum boʻlgan. U otasi kabi yettinchi raqamda maydonga tushadi.
Anjel Dos Santos Aveyru shu paytgacha bir qator mashhur klublarda oʻynagan. Jumladan, Ispaniyaning “CF Pozuelo de Alarcón” klubida ikki yil ichida 55 ta gol urgan. Keyin otasi bilan birga Turinning “Juventus” klubiga koʻchgan va 28 oʻyin oʻtkazib 58 gol hamda 18 golli uzatmani amalga oshirgan. Oʻsmirning soʻnggi klubi Angliyaning “Manchester United” jamoasi boʻlgan.