Krit orolida tasodifan qadimiy labirint topildi

    Krit orolida tasodifan afsonaviy Minotavr labirintiga o'xshash qadimiy inshoot topildi. Ushbu topilma haqida Gretsiya Madaniyat vazirligi ma'lum qildi.

    Ular Iraklion shahridagi Papura tepaligi yuqori qismida yangi aeroport uchun radarlar o'rnatmoqchi bo'lganlarida noodatiy binoga duch kelishdi. Endilikda bu yerda qazish ishlari davom ettiriladi.

    Arxeologlarning fikriga ko'ra, inshoot miloddan avvalgi 2000 – 1700-yillarda Minoy sivilizatsiyasi vakillari tomonidan qurilgan. Labirint sakkiz konsentrik doiradan iborat. Uning devorlarining qalinligi bir yarim metrga, balandligi esa ba'zi joylarda 1,7 metrga yetadi. Radial devorlar labirintni to'rt qismga ajratadi va kichik o'tish joylari uning turli qismlarini bog'laydi. Markazda yana bir dumaloq bino joylashgan bo'lib, u ham to'rt sektorga bo'lingan. Qurilish maydoni 1,8 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Biroq u kattaroq bo'lib chiqishi mumkin, chunki qazish ishlari hali yakunlanmadi.

    Bunday tuzilma Kritda birinchi marta topildi. U o'sha davrdagi oddiy binolardan sezilarli darajada farq qiladi. Krit saroylari kvadrat yoki to'rtburchak, labirint esa yumaloq bo'lagan. Ichkarida arxeologlar ko'plab hayvonlar suyaklari va sopol parchalarini topishdi. Olimlar labirintda marosim ziyofatlari o'tkazilgan bo'lishi mumkinligini taxmin qilishdi, deb xabar beradi mir24.tv.