“Bu raqam yakuniy emas”, deya qo'shimcha qildi manba.
Avvalroq Rossiya Tergov qo'mitasi 115 kishining o'limi haqida xabar bergan edi.
22-mart kuni kechqurun Krasnogorskdagi “Krokus Siti Xoll” binosida terakt sodir bo'ldi. Noma'lum shaxslar “Piknik” guruhining konserti boshlanishidan oldin otishma boshlagan. Keyinroq binoda portlash sodir bo'lib, yong'in boshlangan, deyiladi tass.ru xabarida.
Tergov qo'mitasi tomonidan taqdim etilgan binolarni dastlabki tekshirish natijalariga ko'ra, hujum uyushtirgan shaxslar avtomatlardan foydalangan. Tergovchilar uni o'q-dorilar bilan birga topib, olib qo'yishgan.
Moskva viloyati Sog'liqni saqlash vazirligi “Krokus Siti Xoll”dagi terakt oqibatida jarohatlanganlar ro'yxatini e'lon qildi. Ro'yxatda 121 kishi bor, ulardan 107 nafari kasalxonaga yotqizilgan, 14 nafar jabrlanuvchiga ambulator yordam ko'rsatilmoqda, deb xabar beradi gazeta.ru.