Krouford - Madrimov jangi borasida muzokaralar boshlangani maʼlum qilindi

    Boks boʻyicha WBA kamari sohibi Isroil Madrimov navbatdagi jangini mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi oʻtkazishi mumkin.

    BoxingScene maʼlumotiga koʻra, -66,7 kg vazn toifasida WBC, WBA va WBO kamarlari sohibi bitta yuqori vazn - 69,9 kg vaznda WBA kamari egasi, hamyurtimiz Isroil Madrimov oʻrtasida jang tashkil etilishi kutilmoqda.

    Ushbu katta jang 3-avgust kuni Los-Anjelesda oʻtkazilishi mumkin. Boks oqshomi Saudiya Arabistoni Qirollik kanselyariyasi maslahatchisi, Saudiya koʻngilochar bosh boshqarmasi raisi Turki Al ash-Shayh tomonidan oʻtkaziladigan debyut turnir boʻladi. Shuningdek, Matchroom Boxing hamkorligida oʻtkaziladi.