Kruiz kemasi Alyaska yaqinida katta muz bo'lagi bilan to'qnashib ketdi

    Carnival Spirit kruiz kemasi kutilmaganda Alyaska qirg'oqlari yaqinida katta muz bo'lagi bilan to'qnashib ketdi, deb xabar bermoqda CNN.

    Hodisa oqibatida bortdagilardan hech kim jabrlanmadi va kemaga zarar yetmadi. Carnival Cruise tarmog'i vakili voqeani “suzuvchi muz parchasi bilan tasodifiy to'qnashuv” deb ta'rifladi.

    5-sentabr kuni Carnival Spirit Alyaskadagi Treysi Arm fordi bo'ylab sayohatga otlangani xabar qilingandi, u Juno shahridan janubda joylashgan, o'zining go'zalligi va suvda suzuvchi muz bo'laklari bilan mashhur suv yo'li.

    Ko'p o'tmay, ijtimoiy tarmoqlarda voqea aks etgan videolar paydo bo'ldi: bir nechta yo'lovchilar kema katta muz bo'lagi bilan to'qnashgan holatni suratga olishdi.

    Shu bilan birga, yo'lovchi Saurabx Singxal Facebookdagi postida voqea sodir bo'lganidan so'ng ekipaj zararni baholagunga qadar kema bir necha soat harakatlanmay turganini ma'lum qildi.

    Kema korpusi shikastlanmagani ma'lum bo'ldi va kema hech qanday talafotsiz harakatlanishni davom ettirdi, deb xabar beradi travelpress.kz.