Аeroportlar va avtomagistrallar yopilgan, poezd va metro qatnovi toʼxtatildi.

Kuchli qor yogʼishi keltirib chiqargan transport qatnovlari bilan muammolar sabab ayrim shaharlarda oʼquvchilarga taʼtil berildi.

Ichki Moʼgʼiliston avtonom viloyatining Tongliya shahrida bir kishi halok boʼldi.

Taxminlarga koʼra, shaharning 8 tumaniga salbiy taʼsir oʼtkazgan boʼron va sovuq havo oqimi mintaqaga 35 million yuan (5,5 million dollar) zarar keltirgan.

Lyaonin provintsiasi markazi Shenyan va Xeyluntszyan provintsiyasi markazi Xarbindagi aeroportlar uchish-qoʼnish yoʼlagida muzliklar tufayli yopildi.

Xitoy milliy meteorologiya markazi shimoliy hududlar uchun "toʼq sariq" darajadagi ogohlantirish eʼlon qilindi.

Hafta davomida Ichki Moʼgʼiliston avtonom viloyati, Xibey, Shandun, Lyaonin, Jilin va Xeyluntszyan provintsiyalari hamda Tyantszin shahrida qon boʼronlari boʼlishi kutilmoqda.

"Sovuq havo toʼlqini yaqin kunlarda janubga qarab siljishi va butun mamlakat boʼylab havo haroratining 10 kun davomida pasayishiga olib kelishi taxmin qilinmoqda" deyiladi hurriyet.com.tr xabarida.