Kuchli qor yog'ishi Madrid hayotini izdan chiqardi

    So'nggi bir necha kun ichida yoqqan kuchli qor Madrid hayotini deyarli izdan chiqardi, deb xabar bermoqda TASS.

    Shanba kuni Ispaniya davlat meteorologik agentligi mamlakatning ko'plab hududlarida ob-havo xavfi haqida ogohlantirish berdi.

    Tabiiy ofat tufayli avto, havo va temir yo'l transporti harakati to'xtatildi. Bir kun oldin, ko'rish qobiliyati yomonligi va uchish-qo'nish yo'laklarining holati tufayli Madrid-Baraxas xalqaro aeroporti faoliyati to'xtatilgan edi. Bugungi kunga kelib 300 ga yaqin reys bekor qilindi. Madrid shahar hokimligi ob-havo sharoiti tufayli avtobus va metroda ham harakat to'xtalishini ma'lum qildi.

    Mahalliy aholi shaxsiy transport vositalaridan foydalanmaslikka chaqirildi. Ispaniya ommaviy axborot vositalari shanba oqshomida Madridda qor bilan qoplangan yo'llarda o'nlab haydovchilar o'z mashinalarida qolib ketganini xabar qilishdi. Ayni paytda harbiylar yo'llarni tozalashga harakat qilmoqda. Ispaniya poytaxtida uyga etkazib berish xizmati to'xtatildi.

    Qayd etilishicha, Madridda qor qoplamining balandligi allaqachon 20-30 sm dan oshib ketgan. Shaharda kafe, bar, do'kon ishlamaydi, yo'llarda mashina yo'q. Ayni paytda turli xil hodisalar qayd etilmoqda, ko'plab daraxtlar kesilgan.
    Ispaniyaning boshqa mintaqalarida ham vaziyat qiyin. Ba'zi joylarda maktabdagi darslar bekor qilingan.

    Ma'lumotlarga ko'ra, ob-havo yakshanba kuni yaxshilanishni boshlaydi va dushanbadan boshlab Ispaniyada keskin sovuq havo kuzatiladi.