Kuchli shamol va chang boʼronlari qator hududlarni elektrdan uzib qoʼydi

    Bugun, 14 aprel kuni saharga yaqin Qoraqalpogʼiston Ruspublikasi va Xorazm viloyatining qator hudularida kuchli shamol bilan qoʼm boʼronlari kuzatildi.

    “Hududiy elektr tarmoqlari” АJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati xabariga koʼra, Xorazmda kuzatilgan noqulay ob-havo oqibatida ayrim hududlarda elektr energiyasida uzilishlar sodir boʼlmoqda.

    "Аyni vaqtda yuzaga kelgan elektr energiyasidagi uzizlishlarni bartaraf etish uchun "Hududiy elektr tarmoqlari" АJ Xorazm hududiy filiali tomonidan barcha tezkor chiqish brigadalari jalb qilingan, bunday holatda bizni toʼgʼri tushinasiz degan ummiddamiz. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun sizdan uzr soʼraymiz", deyiladi xabarda.

    "Oʼzgidromet" yetakchi mutaxassisi Erkin Аbdulahatovga koʼra, Xorazm viloyatining "Pitnak" geolokatsiya hududidagi havoning ifloslanish darajasi soat 03.00da "sariq" darajani qayd etib, soat 01.00 da esa, inson salomatligi uchun qizil daraja xavfi mavjud boʼlgan.