Aniqlanishicha, viloyat bojxona boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda bir guruh shaxslar o‘z manfaatini inson salomatligidan ustun qo‘yib, yashirin yo‘llar bilan kuchli taʼsir etuvchi dori 4 011 dona "Tropikamid",  400 ta" Regapen" dori vositasi hamda 1 440 dona bir martalik suyuqlik dori yuboradigan moslamalarni olib o‘tishga uringan.

Tezkor tadbir davomida yashirin holat faoliyatiga chek qo‘yiladi. Olib borilgan surishtiruv, tergov davomida jinoiy guruhning qilmishlari o‘z isbotini topib, ularga nisbatan sudning hukmi bilan tegishli jazo tayinlandi.

O‘tkazilgan tadbir mobaynida hujjatda ko‘rsatib o‘tilgan dori vositalari viloyat bojxona, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida maxsus pech yordamida yo‘q qilindi.