Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marhamat tuman bo'limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro SH.Y. Xo'jaobod tumanidagi avtomobillar bozori yonida 1120 dona “Regapen” va 100 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarini o'tkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departamentning Shayxontohur tuman bo'limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Nurafshon ko'chasida o'tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro SH.A. o'zining “SPARK” rusumli avtomobilida 272 dona “Regapen”, 2 dona “Tropikomid” va 1 dona zarli qog'ozga o'ralgan sarg'ish rangli saqichga o'xshash moddani o'tkazish maqsadida olib yurganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.