Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulugʻbek tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlar bilan hamkorlikda “CH.M.” MCHJga qarashli dorixonada oʻtkazilgan tadbirda, dorixona sotuvchisi H.Oʻ. fuqaro A.ga 3 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 90 ming soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan 83 dona “Zardeks” va 890 dona “Karbamazepin” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.