Tadbirda fuqaro X.E. xaridor A.ga 10 dona “Tramadol” va 11 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 1,2 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir yakunida 11 dona “Tramadol”, 11 dona “Tropikamid” va 2 dona “Lirika” nomli dori vositalari hamda qadoqlanmagan 3 dona oq rangli tabletkalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.