Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar Sh.F. va M.T. “Tropikamid”, “Zardeks” va “Regapen” nomli jami 59 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini fuqaro G.A.ga 9,5 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.