Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining muomalaga chiqib ketishiga “oz qoldi”

    Fargʻona viloyatida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Rishton va Dangʻara tumani boʻlimlari tomonidan kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining muomalasiga chek qoʻyish boʻyicha tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda ushbu tumanlardagi “О.F.” va “S.F.” MCHJlarga qarashli dorixona rahbarlari Х.Т. va С.М. jami 115 dona tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddasi mavjud “Omnadren” nomli dori vositasini shifokor retseptisiz 4,4 mln soʻmga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.