Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

    Fargʻona viloyatidan kelayotgan “Isuzu” rusumli avtotransport toʻxtatilib koʻzdan kechirilganida, “Regapen” hamda “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Fargʻona viloyatidan kelayotgan “Isuzu” rusumli avtotransport toʻxtatilib koʻzdan kechirilganida, fuqaro R.K. 1 400 dona “Regapen” hamda 149 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini Toshkent shahrida oʻtkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.