Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari, DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar hamkorligida Fargʻona viloyati Oltiariq tumani hududida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Oldindan kuzatuvga olingan shaxslar — Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanidagi yoʻl chetida toʻxtab turgan fuqaro B va uning hamrohi R ga tegishli qoʻl yuki xolislar ishtirokida oʻrnatilgan tartibda koʻzdan kechirildi.
Natijada xorijda ishlab chiqarilgan va sifati kafolatlanmagan taxminiy qiymati 422 million soʻmlik jami 4402 dona “Regapen 300 mg” va “Tropikamid 10 ml” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi. Hozir mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabarida.