Kuchli taʼsir qiluvchi vositalarni oʻtkazmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi

    Voqea-hodisalar 11 Fevral 2025 576

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Maʼlumotlarga koʻra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro O.E. fuqaro M.X.ga 2 turdagi jami 60 dona inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini oʻtkazgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Shuningdek, Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.A. tumandagi “Oʻrikzor” savdo majmuasi avtoturargohiga tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalari mavjud boʻlgan 3 turdagi 17 quti kukunlarni oʻtkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.