2020-yil oʻzining xavotirli, gʻayritabiiy voqea-xodisalari bilan tarix saxifalaridan alohida oʻrin tutishi aniq. Janubiy Koreyada ham kuchli yomgʻir yogʻishi natijasida mamlakatning aksariyat qismi jiddiy zarar koʻrdi.
Janubiy Koreya Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi xabar berishicha, kuchli yomgʻir koʻchki va toshqinlarga sabab boʻlib, kamida 6 kishining halok boʻlishi, 7 kishining bedarak yoʻqolishiga sabab boʻlgan.