Kuchli yomgʼir oqibatida avtobuslar yarim yoʼlda qolib ketdi

    Аngliya poytaxti London shahrida kuchli yomgʼir tufayli yuzaga kelgan toshqin oqibatida bir necha transport vositasi oʼz manziliga yetib bora olmay yarim yoʼlda qolib ketdi.

    Аyrim korxona va uylarni suv bosdi.

    Global iqlim inqirozi bilan bir qatorda soʼnggi vaqtlarda Yevropada kuzatilgan kuchli yomgʼirlar odamlar turmush tarziga salbiy taʼsir koʼrsatishda davom etmoqda.

    Xuddi Germaniya singari Аngliya ham kuchli yomgʼirlar ostida qolmoqda.

    Londonning janubiy-gʼarbida joylashgan Queenstown Road stantsiyasi yaqinida 3 ta ikki qavatli avtobus temir yoʼl koʼprigi ostida qolib ketgani aytilmoqda.

    Walthamstow'dagi baʼzi haydovchilar ham yomgʼir kuchliligidan transport vositalarini tark etishga majbur boʼlgan.

    Shahar hokimi Sodiq Xon odamlarga suv bosgan joylarda piyoda yurishdan yoki transport vositalarini boshqarishdan saqlanishini maslahat berib, "London boʼylab toshqin bilan kurashilayotgani"ni taʼkidladi.