Kuchli yomgʻir sababli hududlarni suv bosishi mumkin — Oʻzgidromet

    “Oʻzgidromet” 30-iyundan 1-iyulgacha kuchli yomgʻir yogʻishi kutilayotgani sababli respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

    Mazkur ogohlantirish amal qiladigan hududlar:

    • Surxondaryo viloyati — Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrabot tumanlarida;
    • Toshkent viloyati — Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
    • Namangan viloyati — Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
    • Fargʻona viloyati — Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
    • Andijon viloyati — Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

    Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz, — deyiladi xabarda.

    Respublikaning Surxondaryo, Toshkent viloyatlari va Fargʻona vodiysi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.