Kuchli yomg'ir tufayli Buenos-Ayresda suv toshqini yuz berdi

    Argentina poytaxtida ob-havo keskin yomonlashdi. Yoqqan kuchli yomg'ir shaharda suv toshqiniga olib keldi.

    Uylarning barcha yer to'lalari va yer osti yo'laklari suv ostida qolgan. Bir kishi hayotdan ko'z yumdi, uning jasadi Valentin-Alsinada, suvdan topildi.

    Shahardagi avtobus bekatlari va yonilg'i quyish shoxobchalari ham butunlay suv ostida qolgan. Ijtimoiy tarmoqlardan olingan kadrlarda mahalliy aholining yo'l bo'ylab suvni kechib o'tayotganini ko'rish mumkin. Mamlakat Milliy ob-havo xizmati mamlakat bo'ylab yana 11 viloyatda ob-havo xavfining “to'q sariq” va “sariq” darajani e'lon qildi, deb xabar beradi mir24.tv.