Kuchli zilziladan keyin Yaponiya qirg'oqlarida sunami sodir bo'ldi

    Kyusyu yaqinidagi kuchli zilziladan so'ng Yaponiyaning Miyazaki prefekturasi qirg'oqlariga balandligi qayrib bir metrgacha bo'lgan to'lqin ko'tarildi, deb xabar bermoqda NHK telekanali.

    Telekanal suxandonining aniqlik kiritishicha, qirg'oqda taxminan 50 santimetrlik to'lqin qayd etildi.

    Telekanal ma'lumotlariga ko'ra, Sikoku orolidagi exime prefekturasi hududida ham balandligi bir metrgacha bo'lgan suv to'lqini yuzaga kelishi kutilmoqda.

    Mahalliy vaqt bilan soat 16.43 da Kyusu orolining janubi-sharqiy sohilida kuchli zilzila sodir bo'ldi. O'chog'i Tinch okeanidagi Xyuga-Nada dengizida, 30 kilometr chuqurlikda joylashgan.

    Zilzila magnitudasi dastlab 6,9 ball deb belgilangan bo'lsa, keyinchalik 7,1 ballga ko'tarildi. Besh magnitudali silkinishlar Miyazaki va Kagosima prefekturalarida ham sezildi. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida hozircha ma'lumot yo'q.

    Zilziladan so'ng Kyusyu orolining sharqiy qirg'oqlari, shuningdek, Sikokuning g'arbiy va janubiy qirg'oqlari uchun sunami xavfi e'lon qilindi, deb xabar beradi ria.ru.