Ekspozitsiyada rassomlar R.Azizov, H.Sodiqov, F.Teshayev, A.Bahromov, Sh.Muzaffar, M.Yoʻlchiboyev, S.Ahmedov, F.Oʻsmonov, O.Vosixonovlarning karikatura va sharj yoʻnalishida chizilgan 100 dan ortiq ijod namunalari namoyish qilinmoqda.
Koʻrgazma ochilishida jam boʻlgan rassomlar, sanʼatshunoslar va boshqa turli kasb egalari davra suhbati va fikr almashuvlarda Oʻzbekistonda nashr etilgan satirik jurnal va plakatlar, gazeta va boshqa jurnallarda ham berilgan karikaturalarning hayotda uchrab turadigan illatlarga qarshi kurashib, ularni fosh etishlarining ahamiyatli boʻlganini taʼkidladilar.
Koʻrgazma 10-aprelgacha davom etadi.
Hasan Abdunazarov