Parkent tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “Kumushkon — turizm qishlogʻi” loyihasi doirasida oilaviy mehmon uylarini tashkil etish boʻyicha “Kumushkon” mahalla fuqarolar yigʻinida sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.
— Sayyor xizmat davomida aholi oʻrtasida oilaviy mehmon uyi tashkil etishning afzalligi, ularga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida tushuntirish olib bordik, — deydi Parkent tumani davlat xizmatlari markazi direktori Jahongir Rizayev. — Shu kuni 26 nafar fuqarodan mehmon uylar tashkil etish boʻyicha ariza kelib tushdi. Ularning 11 tasi ijobiy qanoatlantirilib, davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Mehmon uylarini ochgan oilalar tadbirkorligi mavjud mezonlarga mosligi oʻrganilib, ularga tegishli sertifikatlar taqdim etildi. Qolgan 15 ta ariza ham oʻrganib chiqilmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, ayni kunda “Kumushkon” turizm qishlogʻida 60 ga yaqin oilaviy mehmon uylari faoliyat yuritmoqda. Yil yakunigacha “Har bir oila — tadbirkor” Davlat dasturi doirasida tashkil etiladigan mehmon uylarining soni 300 taga yetkazilishi koʻzda tutilgan.
Erkin DORIPOV,
DXA Toshkent viloyati boshqarmasi
matbuot xizmati rahbari