Bojxona organlari tomonidan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirishga boʻlgan urinish fosh qilindi.

Xususan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy aviareys bilan uchib kelgan fuqaro X.N.ning xatti-harakatlari bojxonachilar eʼtiborini tortdi va ushbu shaxs oʻrnatilgan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

Natijada, uning yuklari orasida bojxona nazoratidan yashirilgan hamda jismoniy shaxslar uchun belgilangan bojxona toʻlovlarisiz olib kirish meʼyoridan ortiq boʻlgan umumiy qiymati 13,6 mln. soʻmlik 550 gr. kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.