“E.maktab.uz” platformasiga oʻtish oʻqituvchini ortiqcha qogʻozbozlik tashvishidan ozod etadi. Shaffoflikni taʼminlaydi. Eng asosiysi, ota-onalar farzandining taʼlim olish jarayonini nazorat qilishga jalb qilinadi.
Oldingi holatda baholarni oʻzgartirish, oʻquvchi kundalikni yoʻqotib qoʻyish kabi muammolar koʻp uchragan. “E.maktab.uz” platformasida bu muammolar boʻlmaydi. Bu platformada har bir oʻzgartirish oʻz izini qoldiradi.









