Kunduz kuni chiroqlarni yoqib qoʻyganlar jarimaga tortilmoqda

    Energetika 14 Aprel 2024 579

    Yil boshidan beri “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash bilan bogʻliq 247 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirilgan.

    Maʼlumot oʻrnida, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash (kunning yorug‘ vaqtida chiroqlarni yoqib qo‘yish) holatlari uchun javobgarlik mavjud.

    Buning uchun mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan (1 mln. 700 ming soʻm) 15 baravarigacha (5 mln. 700 ming soʻm) miqdorda jarima, agar bu 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, BHM 15 baravaridan 30 baravarigacha (10 mln. 200 ming soʻm) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.