6-8-iyulda Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga, issiq koʻtarilishi kutilmoqda.

Ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy meʼyorlardan 5-8° ga yuqori boʻladi.

Kunduz kunlari havo 41-43° gacha, shimolda, janubda va choʻl hududlarda 44-46° gacha isiydi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.