Ukraina poytaxti Kiyev shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi boʻyicha anʼanaviy xalqaro turnir boʻlib oʻtdi. Unda dunyoning yigirmadan ortiq davlatidan polvonlar qatnashdilar. Musobaqada kurashchilarimiz yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi. Turnirda Olimpiada hamda jahon chempionati gʻolib va sovrindorlarining ishtirok etgani bahslarning murosasiz kechishini taʼminladi.
Musobaqa yakunda erkin kurashchilarimizda Gʻulomjon Abdullayev (57 kg)
va Ilyas Bekbulatov (70 kg) oltin, Nodirjon Safarov (57 kg) kumush, Mahmudjon Shavkatov (57 kg), Bekzod Abdurahmonov (79 kg), Javrail Shapiyev (86 kg) bronza medallarini qoʻlga kiritishdi. Yunon-rum kurashchilarimiz esa 5 ta bronza medalga sazovar boʻldilar. Ular Ilhom Bahromov (55 kg), Aram Vardanyan (67 kg), Jalgasbay Berdimuratov (82 kg), Rustam Assakalov (87 kg) va Moʻminjon Abdullayev (130 kg).
Kurashchilarimizni yuksak muvaffaqiyat bilan qutlaymiz.