Kanalizatsiya bilan bogʻliq masalalar yuzasidan ham murojaatlar koʻp.
Shuning uchun bu yil viloyatda suv tizimini yaxshilashga 800 milliard soʻm ajratildi. Mutasaddilarga yil yakunigacha 130 kilometr suv va kanalizatsiya tarmogʻi, 11 ta suv inshooti qurilishini yakunlab, foydalanishga topshirish vazifa qilib qoʻyildi.
Namangan shahri aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlovchi 70-yil oldin qurilgan “Kurashxona” suv inshooti bugungi kunda 50 foizdan kam quvvatda ishlamoqda. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda bu inshoot rekonstruksiya qilinishi belgilandi.
Chust, Pop, Mingbuloq va Namangan tumanlarida suv va kanalizatsiya tizimini yaxshilash boʻyicha loyiha hujjatlarini yakunlash topshirildi.