Aksincha, doimiy ravishda oʻsib boradi. Bu esa soha xodimlarini doimiy ravishda oʻz ustidan ishlashga, tizimga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qilishga, pochta xavfsizligini taʼminlash kabi muhim yoʻnalishlarni doimiy takomillashtirishni talab etadi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Boshpochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida kuryerlik tashkilot rahbarlari va vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda taʼkidlanishicha, bojxona posti orqali joriy yilning oʻtgan davri davomida salkam 5500 tonnaga yaqin xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari bojxona nazoratidan oʻtkazilgan boʻlib, mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 15 foizga oshgan.

Tadbirda xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini bojxona nazoratidan oʻtkazish davomida bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarga rioya etmaslik holatlari, joʻnatmalarni bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida esa bojxona organlariga oldindan taqdim etiladigan maʼlumotlarni oʻz vaqtida bermaslik yoki notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etish holatlari mavjudligi, bu esa oʻz vaqtida joʻnatmalarning bojxona nazorati va rasmiylashtiruvdan oʻtkazishda koʻp vaqt sarflanishiga olib kelayotganligi taʼkidlanib, pochta sohasida fuqarolarning huquqiy ongini oshirish, targʻibot-tashviqot ishlarini jonlantirish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, uchrashuvda fuqarolarga pochta xizmatini koʻrsatishda vujudga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilinib, kuryerlik tashkilotlari vakillari tomonidan bildirilgan takliflar tinglanib, berilgan takliflarni amaliyotga joriy etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.