Kuril orollaridagi Ebeko vulqoni yana “uyg'ondi”

    Seshanba kuni ertalab mutaxassislar Kuril orollaridagi Paramushirda Ebeko vulqoni harakatga kelganini qayd etishdi.

    Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Saxalin viloyati bo'yicha bosh boshqarmasi Telegram-kanalida ma'lum qilindi.

    “26-dekabr kuni ertalab Rossiya Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasining Saxalin viloyati bo'yicha Inqirozlarni boshqarish markaziga Saxalin vulqon otilishi bo'yicha tezkor chora-tadbirlar guruhidan Ebeko vulqonida dengiz sathidan 2,8 kilometr balandlikka kul ko'tarilayotgani haqida ma'lumot kelib tushdi. Kul sharqqa qarab 5 kilometrdan ortiq masofaga tarqaldi”, — deyiladi xabarida.

    Severo-Kurilskda kul tarqalishi kuzatilmagan, vodorod sulfidining hidi sezilmagan, aholining salomatligiga xavf yuzaga kelmagan, deb xabar beradi ria.ru.