Kursantlar va muddatli harbiy xizmatchilar bellashdi

    Harbiy 19 Noyabr 2020 1542

    O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida “Vatanimiz bayrog'i – faxrimiz, g'ururimiz!” shiori ostida bir qator ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazildi.

    Jumladan, akademiya kursantlari va muddatli harbiy xizmatchilari o'rtasida “Davlat bayrog'i – Vatan timsoli” mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi.

    – Men insho yozar ekanman, o'zimda cheksiz g'urur tuydim, sababi Davlatimiz bayrog'ini ko'rganimda yoki ifodalaganimda ko'nglimda tasvirlab bo'lmaydigan ajib bir tuyg'ular aks etadi. Chunki bayrog'imiz mustaqilligimiz ramzidir, – deydi oddiy askar Bekzod Farhodov.

    Shuningdek, “Vatanimiz bayrog'i – faxrimiz, g'ururimiz!” mavzusida rasm chizish tanlovi ham o'tkazildi. Unda kursantlar va muddatli harbiy xizmatchilar Davlatimiz bayrog'ini o'z tasavvurlariga ko'ra turli xil obyektlar bilan birga chizishlari belgilandi.

    Yakunda eng yaxshi, deb topilgan insho va suratlar mualliflari rag'batlantirildi.

    Mayor Xolmuhammad JO'RABOYEV