“Kusto oroli”da 10 kun sarguzasht qissasiga jurnalistning real hayotda boshidan kechirgan voqeliklari asos qilib olingan.
Yozuvchi asarda dramatik holatlar yaratadi va ular orqali bir necha ming yillar avvalgi hayot tarzini kechirayotgan orolliklarga bugungi zamondosh ko'zi bilan boqadi. Qissani o'qir ekansiz, mehr-oqibat, vafo, odamgarchilik kabi insoniy tuyg'ular vaqt bilmasligini, ular er yuzida hayot paydo bo'lganidan to qiyomatgacha abadiy davom etishiga iqror bo'ladi.
Tarjimon - “Hasan” va sayyoh - “Xusan” o'rtasida qaror topgan do'stlik, qabila boshlig'ining qizi “Go'zal” va sayyoh - jurnalist Sarvar qalbida nish ura boshlagan mehr ham zamon chegarasini bil- mas tuyg'ular edi.
“Kusto oroli”da 10 kun sarguzasht qissasi kitobxonlarning sevimli asarlari qatoridan joy oladi deb ishonamiz.
Ma'lumot uchun, Muhammadjon Obidov bir qator sayohat ocherklari bilan tilga tushgan. Uning “Men ko'rgan dunyo”, “Mo'jizalar izlab Misrdan Iordaniyagacha”, “Buyuk ipak yo'lidagi SHinjon” kabi kitoblari keng jamoatchilik tomonidan qizg'in kutib olingan.
“Yangi O'zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati jamoasi O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Muhammadjon Obidovning ijodiy faoliyatida barkamollik va ulkan zafarlar tilaydi.