Angliyaning “Liverpul” jamoasi Italiyada “Inter”, Germaniyaning “Bavariya” klubi esa Avstriyaning Zalsburg shahrida “Red Bull” mehmoni boʻldi.

Futbol mutaxassislari va ishqibozlari bu bahslarda “Liverpul” hamda “Bavariya” qoʻli baland kelishini avvaldan bashorat qilishgandi. Match davomida ularning bu bashorati toʻgʻri ekanligi tasdiqlandi. “Red Bul” avval hisobni ochgan boʻlsa-da, myunxenliklar oʻyin oxirida tenglikni taʼminladi – 1:1. Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, “Bavariya”ning mashhur darvozaboni Noyer jarohati tufayli maydonga tushmadi.

“Liverpul” esa mehmonda oʻynaganiga qaramay Firmino va Salohning gollari evaziga “Inter”ni 0:2 hisobida yengdi.

Javob oʻyinlari 8-martda boʻlib oʻtadi.