11-iyun, chorshanba kuni Janubiy Koreya harbiylari KXDR bilan chegarada ovoz kuchaytirgichlar orqali eshittirishlarni to'xtatgan edi.

“Bugun, 12-iyun kuni Shimoliy Koreyadan janubga ovoz translyatsiyalari hech qaysi hududda qayd etilmagan”, dedi Koreya Respublikasi shtab boshliqlari birlashgan qo'mitasi.

Qayd etilishicha, KXDRdan so'nggi translyatsiya 1-iyun kuni kechki payt bo'lib o'tgan.

Janubiy Koreyaning yangi Prezidenti Li Chje Men saylovoldi kampaniyasi vaqtida qo'shni davlat bilan munosabatlarni yaxshilash choralarini ko'rishga va'da bergan edi. Xususan, u targ'ibot varaqalari tarqatishni to'xtatishga va ularni ovoz kuchaytirgichlar orqali uzatishni to'xtatishga va'da berdi.

Li Chje Men 4-iyun kuni saylovda 49,42 foiz ovoz bilan g'alaba qozonib, davlat rahbari lavozimiga kirishgandi, deb xabar beradi rg.ru.